SHARTLAR VA QOIDALAR




-
Atamalar va ta'riflar
«TARMOQ» uning yordamida Oʻzbekiston Respublikasi hududida ABONENTGA aloqa xizmatlari taqdim etiladigan OPERATOR texnik vositalari (kommutatsiyaviy va radio uskuna, abonent qurilmalari, ulovchi liniyalar, inshootlar va shunga oʻxshashlar) ning jamlanmasini bildiradi.
«ABONENT» (ABONENTLAR) – OPERATOR bilan mobil aloqa xizmatlarini ko’rsatish to’g’risida shartnoma tuzgan shaxslar;
«Operator» - “UzMobayl” Abonent bilan tuzilgan shartnoma asosida Abonent tomonidan berilgan axborotni uzatish yoki qabul qilish uchun oʻz tarmogʻini taqdim etuvchi.
«SERVIS RAQAMI» ABONENTGA KONTENT xizmatlarni taqdim etish uchun KONTENT- PROVAYDERGA OPERATOR tomonidan ajratilgan raqamni bildiradi.
«KONTENT PROVAYDER» Operator bilan shartnoma asosida Abonentlar uchun xizmatlarni koʻrsatuvchi va Operator bilan shartnoma munosabatlarida boʻlgan “SDS Carrier Solutions” MCHJni bildiradi.
«KONTENT-XIZMAT» - KONTENT PROVAYDERI tomonidan abonent so’roviga binoan unga taqdim etiluvchi ma'lumot, ko'ngilochar va / yoki boshqa ma'lumotlar, musiqalar, rasmlar, videoroliklar, o'yinlar, ovoz berishlarda, tanlovlarda va shunga o'xshash tadbirlarda ishtirok etish.
“SO’ROV” – ABONENT tomonidan ABONENT QURILMASIDAN SERVIS RAQAMIGA SMS, USSD, IVR ovozli xizmati yuborish yoki ABONENT QURILMASIDAN KONTENT-XIZMATga ulanish uchun KOMPLEKS bilan o’zaro aloqa komandasini o’z ichiga olgan SERVIS RAQAMIGA qo’ng’iroq qilish orqali amalga oshirilgan komanda.
“KOMPLEKS” - abonent qurilmasidan foydalangan holda tarmoq orqali real vaqt rejimida ABONENTLARNING KONTENT XIZMATIGA kirishini texnik jihatdan ta'minlash uchun foydalaniladigan OPERATORNING apparat-dasturiy kompleksi va/yoki KONTENT-PROVAYDERNING apparat-dasturiy kompleksi.
«ABONENT QURILMASI» - aloqa kanallari boʻyicha ABONENT tomonidan berilgan axborotni uzatish yoki qabul qilish uchun TARMOQQA ulanadigan oxirgi uskunasini bildiradi.
«SMS» (ShortMessageService – qisqa matnli xabarlar xizmati) ABONENTGA OPERATOR tomonidan koʻrsatiladigan, unga qisqa matnli xabarlarni joʻnatish va mobil telefonga qabul qilish imkonini beruvchi xizmatni bildiradi.
«SMS-MARKAZ» (SMS-C) - SMS faoliyat ko’rsatishi uchun javob beruvchi OPERATORning tarmoq uskunalari.
«TEXNIK QO'LLAB-QUVVATLASH» - OPERATOR tomonidan obunachilarga KONTENT- PROVIDER KONTENT XIZMATLARINI texnik xizmat ko'rsatish, shu jumladan, tunu-kun ishlaydigan va XIZMAT RAQAMI raqamiga xizmat ko'rsatishni amalga oshiradigan chora-tadbirlar majmui.
OBUNA – maʼlum bir vaqt davomida belgilangan toʻlov evaziga Abonentga promo xizmatda ishtirok etish imkonini taqdim etish.
“PROMO-XIZMAT” – KONTENT-PROVAYDER tomonidan “KinoFAN” nomi ostida oʻtkaziluvchi, ushbu Shartlar va Qoidalarda belgilangan yutuqlarni qoʻlga kiritish uchun tanlov.
2. Shartlar va tasnif
"KinoFAN" xizmati - kino san'atiga mehr qo'ygan hamda o'zbek va jahon kinofilmlari haqidagi bilimlarini sinash istagida bo'lgan foydalanuvchilar uchun interaktiv xizmatdir.. Xizmatga obuna bo'lgan foydalanuvchilar har kuni xizmatning qisqa raqamiga qo'ng'iroq qilishlari, kinofilm parchalarini tinglashlari, tinglagan qismlarini qaysi kino ekanligini to'g'ri topishlari va mos ravishda ball to'plashlari mumkin.
“KinoFAN” xizmatsi lotoreya, rag’batlantiruvchi lotoreya yoki boshqa rag’batlantiruvchi tadbir yoki qimor o’yiniga asoslangan emas, reklama xarakteriga ega, abonentlarni qo’shimcha xizmatlar va “SMS” Operator xizmatini qo’llashga qiziqtirish maqsadida o’tkaziladi.
Operatorning barcha abonentlari ximatni o’tkazilishi va shartlari to’g’risida SMS yuborish yoki operatorning va kontent-provayderning boshqa kanallari orqali xabar qilinadilar. Abonentning taqdim etilayotgan xizmatga bo'lgan qiziqishini oshirishni rag'batlantirish maqsadida ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda eng ko'p ball
to'plagan eng faol foydalanuvchilar (Abonentlar) ushbu Qoidalarda ko'rsatilgan qimmatbaho sovg'alarga ega bo'ladilar.
Xohlagan modeldagi telefonli (smartfon yoki eski telefonlar) operator abonentlari xizmatda ishtirok etishlari mumkin.
"KinoFAN" xizmatini faollashtirish uchun, o'zbek tilida obuna bo'lish uchun abonentlar faqatgina xizmatning 6080 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qilishlari va 1 tugmachasini bosishlari kerak. Rus tilida obuna bo'lish uchun abonentlar 6080 raqamiga qo'ng'iroq qilib, 2 tugmachasini bosishlari mumkin. Shuningdek, abonentlar xizmatning 6080 qisqa raqamiga istalgan so'z bilan (СТОП, STOP yoki или STOP1 o’chirish kalit so’zlaridan tashqari) SMS yuborish orqali o'z ishtiroklarini faollashtirishi mumkin. Xizmatga ulanib, abonentlar xizmatga kunlik obunani faollashtiradilar va 6080 IVR- raqamida o'tkaziladigan xizmatga kirish huquqini qo'lga kiritadilar.
Faollashtirish so'roviga javoban abonentga ro'yxatdan o'tganligini tasdiqlagan holda, shuningdek xizmat haqida batafsil ma'lumot, narx haqida, obunani bekor qilish qoidalari haqida SMS-xabar yuboriladi yuboriladi.
Sovrinlar, har kunlik, har haftalik va har oylik asosda o'ynaladi. Har hafta va har oyda uchta sovrin o’rinlari o'ynaladi. Agar natijalar bir xil bo’lsa, mukofot topshiriqni eng tez bajargan Abonentga beriladi, daqiqalar va soniyalar hisobga olinadi.
Xizmat ushbu hujjatda ko'zda tutilgan tartib, muddat, shartlar va jarayonlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Xizmatning Shartlari va Qoidalari Operatorning Abonentlariga yuborilgan ommaviy oferta bo'lib, Abonent va Kontent - Provayderi o'rtasida Abonent ular bilan kelishgan paytdan boshlab xizmatni taqdim etish to'g'risida kelishuvga aylanadi. Abonentning roziligi uning SMS orqali xizmatga ulanishi hisoblanadi.
3. Kalendar muddati
KONTENT-XIZMAT 01/09/2022 soat 00:00:01 dan boshlab taqdim etiladi. Barcha oʻzgarishlar bilan www.kinofan.uz onlayn resursi orqali tanishish mumkin.
4. Maqsadi va narxi
KONTENT-XIZMATNING maqsadi – “Uzmobayl” Abonentlariga qimmatbaho kunlik, haftalik va oylik yutuqlarni yutib olish imkonini taqdim etish orqali kompaniya xizmatlariga eʼtiborni jalb qilish.
“Uzmobayl” abonentlari o'zbek tilida obuna bo'lish uchun xizmatning 6080 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qilishlari va 1 tugmachasini bosishlari kerak. Rus tilida obuna bo'lish uchun abonentlar 6080 raqamiga qo'ng'iroq qilib, 2 tugmachasini bosishlari mumkin. Shuningdek, abonentlar xizmatning 6080 qisqa raqamiga istalgan so'z bilan (СТОП, STOP yoki или STOP1 o’chirish kalit so’zlaridan tashqari) SMS yuborish orqali o'z ishtiroklarini faollashtirishi mumkin. Xizmatga ulanib, abonentlar xizmatga kunlik obunani faollashtiradilar va 6080 IVR- raqamida o'tkaziladigan xizmatga kirish huquqini qo'lga kiritadilar. Xizmat narxi: kuniga 1599 so'm.
5. Xizmat tili
Xizmat oʻzbek (asosiy til, avtomatik ravishda o’rnatilgan) va rus (Abonentning tanlovi boʻyicha) tillarida taqdim etiladi. Xizmatning tilini rus tiliga o'zgartirish uchun abonent 6080 qisqa raqamiga - RU yoki РУ kalit so'zi bilan SMS-xabar yuborishi kerak. O'zbek tiliga qaytish uchun foydalanuvchi 6080 qisqa raqamiga - UZ kalit so'zi yoki Uzbek so'zini SMS orqali yuborishi kerak.
Tilni o'zgartirgandan so'ng, foydalanuvchi tegishli SMS- xabarni.
6. Shartlarni qabul qilish
Barcha foydalanuvchilar o’z obunalari orqali, www.kinofan.uz sahifasidagi barcha shartlarni o’qiganlari va to’liq tushunganlarini tasdiqlashadi.
6080 qisqa raqamiga SMS joʻnatib, ishtirokchilar mazkur Shartlarni toʻliq tushunishlari va ularga toʻliq roziliklarini berishadi, va oʻz mobil telefonlariga Operator va Kontent provayderdan 6080 qisqa raqamidan SMS – xabarlarni olishga rozilik beradilar.
Xizmat kunlik pullik obuna asosida amalga oshiriladi (kuniga 1599 so'm). Xizmatga obuna har kuni abonent to'lovi uchun yangilanadi.
Obunachilar har kuni obuna bo'lganligi uchun 90 ball, shuningdek musiqiy IVR portaliga kirish imkoniyatini va 9 ta musiqani to’g’ri topish va to'g'ri topilgan savollar uchun mos ravishda ballarni yig'ish huquqini olishadi.
Agar abonent 9 ta musiqani to’g’ri topsa va o'yinni davom ettirmoqchi bo'lsa, u 6080 qisqa raqamiga " Kino " yoki "9" kalit so'zi bilan SMS yuborishi va yana 9 ta savolni topishi va 90 ballga ega bo’lish imkoniyatini qo'lga kiritishi mumkin.
Har bir bunday so'rov uchun qo'shimcha to'lov: QQS hisobga olgan holda 1599 so'm (o'zbek so'mi) yechiladi.
Xizmatga obuna uchun to'lov abonent xizmatni bekor qilgunga yoki xizmat tugatilgunga qadar yechiladi.
Ishtirokchilar tomonidan xizmatdan foydalanish munosabati bilan sarflagan mablag'lar qaytarilmaydi.
Taqdim etilayotgan xizmat doirasidagi sovg'alar yetqazib berilmaydi. G'olib ularni Kontent Provayderi ofisida yoki Kontent – provayderi belgilagan joyda qabul qiladi.
"SDS Carrier Solutions" Operator roziligi bilan har qanday vaqtda taklifni va ushbu shartlarni bekor qilish yoki o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi. Har qanday o'zgarishlar ular e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Barcha nashrlar www.kinofan.uz saytida e'lon qilinadi.
Shartlar, harakatlar, natijalar va xizmat bilan bog'liq barcha masalalar bo'yicha nizo yuzaga kelganda, “SDS Carrier Solutions” MCHJ qarorlari qat'iy hisoblanadi va hech qanday talablar yoki muhokamalar kuchga kirmasligi kerak, qonunda ko’rsatilgan holatlar bundan mustasno.
Mazkur shartnoma SDS Carrier Solutions MChJ xizmat ko’rsatgunga qadar to’liq o’z kuchida qoladi, ta'mirlash, texnik xizmat ko'rsatish yoki modernizatsiya kabi texnik sabablarga ko'ra xizmatni vaqtincha to'xtatib qo'yish holatlari bundan mustasno.
7. Xizmat ishtirokchilari
Xizmatda O'zbekiston Respublikasining 18 yoshga to'lgan va ushbu xizmatda ko'zda tutilgan shartlarga muvofiq Operator bilan uyali aloqa xizmatlarini taqdim etish shartnomasi bo'yicha oldindan to'lov tizimidagi tarif rejalarining abonentlari bo'lgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
Xizmatda ishtirok etish uchun teng huquqli sharoitlar yaratish maqsadida, Operator bilan uyali aloqa xizmatlarini taqdim etish shartnomasi bo'yicha Abonent bo'lgan yuridik shaxslar Xizmatda ishtirok eta olmaydilar.
Operator va Kontent-provayder ishtirokchilarning yoshini tekshirmaydi, chunki ular texnik imkoniyatlarga ega emaslar, shuning uchun ular xizmatga ulangan balog'atga etmagan bolalar va nogironlarning harakatlari uchun javobgar emaslar.
Xizmat amal qilish muddati davomida 6080 qisqa raqamiga hech boʻlmasa (1) SMS-xabar joʻnatgan paragrafning 7 bandida tilga olingan shaxslar xizmat ishtirokchilari boʻla oladilar.
Operator va Kontent –Provayder xodimlari va ularning qarindoshlikning birinchi navbati boʻyicha qarindoshlari (ota-onalari, bolalari, qarindoshlari va toʻliq qarindosh boʻlmagan aka-ukalari, opa-singillari, turmush oʻrtoqlari), shuningdek agentlar va/yoki Operator va Kontent-Provayder distribyutorlari kabi tijorat vakillari yoki affillangan shaxslar bilan tijorat munosabatlarida boʻlgan shaxslar, shuningdek ushbu Xizmatni amalga oshirilishi uchun Operator va Kontent-Provayder tomonidan yollangan kompaniyalar va ularning xodimlarixizmatda ishtirok etishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Agar ushbu odamlardan biror biri xizmatda ishtirok etgan va gʻolib boʻlib chiqsa, u holda tegishli sovrin hech bir holatda unga berilmaydi, balki talablarga javob beradigan va keyingi oʻrinni egallagan ishtirokchiga oʻtadi.
Xizmat amal qilish muddatidan avval yoki keyin promo-xizmat ishtirokchisi boʻlish uchun xizmatning qisqa raqamiga SMS-xabarni yuborgan shaxslarning xizmatda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Boshqa uyali aloqa operatorlarining abonentlariga xizmat koʻrsatilmaydi.
Talablarga javob bermaydigan yoki ushbu qoidalar talablarini buzgan barcha shaxslar ushbu xizmatdan foydalanmasliklari kerak va sovrinli o'rinlarni egallashlari mumkin emas.
8. Xizmat Sovrinlari
Xizmat ishtirokchilari har kuni bir kunlik abonent to'lovi uchun 90 ball va to'g'ri topilgan javoblarga uchun mos ballarga ega bo’lishadi.
Har bir Ishtirokchining umumiy reytingi olingan ballarning yig'indisidir (kunlik to'lov va har bir to'g'ri javob uchun).
Har bir Ishtirokchining kunlik reytingi kun davomida to’plagan ballar yig'indisidir. Har bir Ishtirokchining haftalik reytingi joriy hafta davomida olingan ballar yig'indisidir. Agar foydalanuvchi haftalik sovrinni yutsa, u olti keyingi 12 oy davomida yutuqni takroran yutolmaydi.
Xizmat g'oliblariga quyidagi sovg'alar topshiriladi:
HAR HAFTALIK SOVRIN- 3 000 000 so'm
(o‘zbek so‘mi).
Izoh:
-
Agar durang bo'lsa (ikkita yoki undan ko'p ishtirokchi o'yin paytida bir xil ball to'plagan bo'lsa), u holda hammadan oldin savollarga javob bergan va masalalarni yechgan g'olib hisoblanadi.
Agar g'olib sovrinni olishdan bosh tortsa yoki ma'lum bir muddat ichida u bilan bog'lanish imkoniyati yoki iloji bo'lmasa, rasmiy shartlarga ko'ra, sovrin ikkinchi g’olibga taqdim etiladi. Agar ikkinchi g'olib o'z sovrinini ololmasa, sovrin G'olib aniqlangunga qadar keyingi g'olibga beriladi.
-
Taqdim etilayotgan xizmat doirasidagi sovrinlar yetkazib berilmaydi. G'olib ularni Kontent - Provayder ofisida yoki Kontent - Provayder tomonidan belgilangan joyda qabul qilib oladi.
10. Ishtirok etish prosedurasi
Xizmatda ishtirok etish uchun mazkur xizmat ishtirokchilariga aylanish huquqiga ega bo’lgan abonentlar (7 paragraf: Xizmat ishtirokchilariga qarang) Xizmatning amal qilish muddati davomida istalgan vaqtda Xizmatning 6080 qisqa raqamiga xohlagan so’z bilan (СТОП, STOP o’chirish kalit so’zlaridan tashqari) SMS-xabar joʻnatishlari, yoki “Sehrli Raqam” IVR portalida 1 yoki 2 tugmasini bosishlari lozim. 6080 raqamiga birinchi SMS (Qayd etish SMS xabari) yuborgandan so’ng abonent xizmatda roʻyxatdan oʻtkaziladi va ishtirokchi bo’lib hisoblanadi.
Abonent xizmatga obuna bo’lishga so’rov yuborganidan so’ng u 6080 qisqa raqamidan uning ishtirokini tasdiqlovchi va xizmat, qiymati, xizmatni o’chirish qoidalari to’g’risida to’liq ma’lumotni o’z ichiga olgan SMS –xabarnoma hamda IVR portaliga kirish imkoniyatini hamda 9 ta savol topish, va mos ravishda ball to’plash huquqini oladi.
11. Tarifikasiya
Birinchi ulanishda barcha abonentlar bir kun bepul xizmatda qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Keyingi kunlarda abonent hisobidan har kuni 1599 UZS QQS ni hisobga olgan holda (o'zbek so'mida)/kuniga - xizmatga obuna uchun abonent to'lovi yechib olinadi. Xizmatga obuna bo’lganlik uchun to'lov abonent xizmatni bekor qilmagunga yoki xizmat to'xtatilgunga qadar har kuni yechib olinadi.
Abonentlar tomonidan 6080 qisqa raqamiga yuborilgan savollarga javoblar bepul.
Ishtirokchiga 6080 raqamidan yuborilgan javob xabarlari yoki ushbu xizmatga oid har qanday reklama xabarlari sifatida yuborilgan SMSlar bepul.
Agar obuna uchun to'lov paytida abonent balansida to'liq kunlik narxini to'lash uchun yetarlicha mablag’ bo'lmasa -1599 so'm, abonent hisobidan 1066 so'm yoki 533 so'm yechiladi va to'langan summaga muvofiq foydalanuvchi pastroq ball va kamroq savollar oladi - 60 ball va 6 savol; 30 ball va 3 ta savol.
12. Xizmat savollari sonini cheklash
Ishtirokchilar eng ko’pi 9 ta musiqani bepul topishlari mumkin.
Agar abonent 9 ta musiqani topgan bo’lsa va o'yinni davom ettirmoqchi bo'lsa, u 6080 qisqa raqamiga " Kino " yoki "9" kalit so'zi bilan SMS yuborishi va yana 9 ta savolni topish va 100 ball olish imkoniyatini qo'lga kiritishi mumkin.
Har bir bunday so'rov uchun qo'shimcha to'lov olinadi: 1599 so'm (o'zbek so'mi) QQSni hisobga olgan holda.
Qo'shimcha savollar to'plami so’ralganda ham to’lov belgilashning oqilona mantig'i mavjud va agar obuna uchun to'lovni to’lash paytida abonent balansida to'liq narxni to'lash uchun yetarli mablag' 1599 so'm bo'lmasa, abonent hisobidan 1066 so'm yoki 533 so'm yechiladi va to'langan summaga muvofiq foydalanuvchi pastroq ball va kamroq savollar oladi - 60 ball va 6 savol; 30 ball va 3 ta savol.
13. Yordam va joʻnatmalarni olishdan voz kechishning variantlari
Agar ishtirokchi xizmatdan voz kechishni va shu tariqa endi sovrin yutuqlari uchun ball olmaslikni xohlasa, u "СТОП", "STOP" yoki "STOP1" o'chirish kalit so'zlaridan biri bilan 6080 raqamiga SMS (bepul) yuborishi mumkin. Shuningdek, abonentlar o'z obunalarini 6080 raqamiga qo'ng'iroq qilib to'xtatishlari mumkin, bu yerda Xizmatlarni boshqarish bo'limiga o'tishlari va tegishli tugmani bosishlari kerak. Bunga javoban foydalanuvchiga mobil telefoni endi o’yinda ishtirok etmasligini tasdiqlovchi SMS keladi.
Obunani bekor qilgandan so'ng, o'zbek tilida obuna bo'lish uchun abonent 6080 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qilish va 1 tugmachasini bosish orqali xizmatni qayta faollashtirishi mumkin. Rus tilida obuna bo'lish uchun abonentlar 6080 raqamiga qo'ng'iroq qilib, 2 tugmachasini bosishlari mumkin. Shuningdek, abonentlar xizmatning 6080 qisqa raqamiga istalgan so'z bilan (o'chirish kalit so'zlari: СТОП, STOP yoki STOP1 dan tashqari) SMS yuborish orqali o'z ishtiroklarini faollashtirishlari mumkin.
Agar abonent o'z obunasini to'xtatib, qaytadan ulansa, u holda qayta ulanishda ulangan kundan boshlab abonent to'lovi ushlab qolinadi.
Shuningdek, ishtirokchilar 6080 qisqa raqamiga SMS- xabarlarni (bepul) quyidagi maqsadlarda yuborishlari mumkin:
-
"INFO" kalit so'zini yuborib, joriy ballar to’g’risida ma'lumot olish mumkin.
14. Ballarni toʻplash prosedurasi
Obunachilar har kuni IVR portaliga kirish imkoniyatini hamda 9 ta kinosavol topish, va mos ravishda ball to’plash huquqini oladi
Obunaning har bir to'langan kuni ishtirokchiga to'g'ri topilgan savollardan olingan ballardan tashqari qo'shimcha ballar olish imkoniyatini beradi. Agar abonent obuna uchun bir kunlik to’liq to’lov (kuniga 1599 o’zbek so'mi/kuniga) to’lasa qo'shimcha ravishda kuniga 90 ball oladi.
Agar obuna uchun to'lov paytida abonent balansida to'liq kunlik narxini to'lash uchun yetarlicha mablag’ bo'lmasa –abonent hisobidan kamroq summa- 1066 so'm, 599 so'm yechiladi va foydalanuvchi to'langan summaga muvofiq pastroq ball va kamroq savollar oladi - 60 ball va 6 savol; 30 ball va 3 ta savol.
Agar abonent 9 ta musiqani topib, o'yinni davom ettirishni xohlasa, u 6080 qisqa raqamiga " Kino " yoki "9" kalit so'zlari bilan SMS-xabar yuborib, yana 9 ta savolni topish va 90 ball olish imkoniyatini qo'lga kiritishi mumkin.Har bir bunday so'rov uchun qo'shimcha to'lov olinadi: QQS bilan 1599 so'm (o'zbek so'mi).
15. Yutuq shartlari
Har haftalik sovrin shartlari- Ishtirokchi (MSISDN egasi) KONTENT-XIZMATNING amal qilishi butun muddati davomida bittadan (1) koʻp boʻlmagan oylik sovrinni yutib olishi mumkin.
Sovrinni olish yoki buning huquqiga ega boʻlish uchun gʻoliblar va ikkinchi oʻrinni egallaganlar Oʻzbekiston hududida yashashlari kerak. Shuningdek,
sovrinni olgan gʻolib “Uzmobile” ga oʻz shaxsiy maʼlumotlarini kiritishi (ismi, familiyasi va hokazo) hamda KONTENT-PROVAYDER va OPERATORni
sovrinni olganligi haqida yozma ravishda xabardor qilishi majburiy talab hisoblanadi.
KONTENT-PROVAYDER va OPERATOR
KONTENT-XIZMATDAN vijdonsizlarcha yoki firibgarlik maqsadlarida foydalanayotgan barcha odamlarni, birlamchi xabardor qilishsiz, oʻyindan chiqarib yuborish huquqini oʻzlarida saqlab qolishadi.
KONTENT-PROVAYDER va OPERATOR oʻyinda
ishtirok etayotgan ishtirokchilarning ballari toʻplanishida noaniqlik aniqlanganda va/yoki shubhalar paydo boʻlgan holatda gʻolibni aniqlash protsedurasini qayta o’tqazish huquqiga ega.
Nohalol raqobat, noqonuniy ishbilarmonlik tajribasidan foydalangan tarzda, isteʼmolchilar huquqlarini buzgan va/yoki shunga oʻxshash harakatlarni sodir etgan holda KONTENT-XIZMATDA ishtirok etgan ishtirokchilar KONTENT-XIZMATNING gʻoliblari bo’la olmaydilar.
OPERATOR va KONTENT-PROVAYDER mazkur
Shartlar va Qoidalarda koʻrsatilmagan usullar bilan ballarni yigʻish, tartibiga taʼsir oʻtkazishga urinayotgan, yoki taʼsir koʻrsatgan (bevosita yoki bilvosita) jismoniy shaxslarga xizmatda ishtirok etishga qoʻymaslik huquqiga ega.
KONTENT-XIZMATDA ishtirok etishda quyidagilardan foydalanish qoidani buzish hisoblanadi:
• Operator SIM-kartasi bilan mobil telefon (bundan buyon matnda “mobil telefon” deb yuritiladi) hisoblangan abonentlik qurilmasidan tashqari, har qanday uskuna;
• Tashkilotchi yoki Operator tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy vositalardan tashqari har qanday dasturiy vositalar, shu jumladan mobil telefonga oʻrnatilgan dasturiy vositalar;
• Har qanday usul, shu jumladan dasturiy kodga aralashish vositasida oʻzgartirilgan KONTENT- XIZMATDA ishtirok etish uchun moʻljallangan Tashkilotchi yoki Operator tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy vositalar;
• KONTENT-XIZMATDA ishtirok etishning har qanday boshqa usullari va jarayonni avtomatlashtirish vositalari.
• 3 soniyadan kamroq vaqt ichida Ishtirokchi tomonidan savolga javobning yuborilishi.
savollarga javoblarning davriyligida aniqlangan muayyanliklar, shu jumladan Ishtirokchi tomonidan javoblarni vaqtning teng oraligʻidan keyin yuborilishi va boshqa muayyanliklar;
• KONTENT-XIZMATNI (loglarni) hujjatlashtirish uchun Tashkilotchi va Operator foydalanidagan texnik tizimning boshqa maʼlumotlari, bunda shunday tizimning maʼlumotlari yakuniy deb tan olinadi va Ishtirokchi tomonidan eʼtiroz bildirilishi mumkin emas. Bunday holatda, Tashkilotchi va Operator sovrindorlar roʻyxatidan bunday ishtirokchini chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin va sovrin Xizmat tegishli kunidagi reytingga muvofiq keyingi xizmat Ishtirokchisiga oʻtadi.
Agar gʻolib avvalgi shartlardan biron birini bajarmayotgan boʻlsa, u yutuqni olish huquqidan mahrum qilinadi.
Har kunlik sovrinlar holatida, agar Gʻolib sovrinni olishdan voz kechsa, yoki uning yutugʻi aniqlangan paytdan oʻttiz (30) kun davomida KONTENT- PROVAYDER va/yoki OPERATOR bilan bogʻlana olmasa, sovrinni oʻyinlar/tanlovlar tegishli roʻyxatida ikkinchi (2) oʻrinni egallagan ishtirokchi oladi. Ushbu ishtirokchi ikkinchi (2-) gʻolib deb eʼlon qilinadi. Agar ikkinchi (2-) gʻolib ham oʻz sovrinidan voz kechsa yoki KONTENT-PROVAYDER va OPERATOR bilan
bogʻlana olmasa, u holda sovrinni uchinchi (3-) gʻolib oladi. Keyingi gʻoliblar tomonidan olish imkoni boʻlmagan holatda, sovrinni olish huquqi gʻolib aniqlangunga qadar keyingi gʻolibga oʻtadi.
Sovrinlar biron bir boshqa Sovrin bilan almashtirilishi mumkin emas.
16. Xizmatni natijalarini yakunlash, g'oliblarni aniqlash va xabardor qilish.
G'olib hafta, oy va yil natijalariga ko'ra Xizmatda g'olib bo'lgan davr tugaganidan keyin 7 kalendar kuni ichida aniqlanadi.
Kompaniya g'olib bilan Xizmatda qatnashish amalga oshirilgan telefon raqamiga qo'ng'iroq qilish orqali bog'lanadi.
Agar g’olib aniqlaganidan so’ng 3 kun ichida ishtirokchi telefonini to'lov amalga oshirilmaganligi sababli o’chirilgan, xizmat ko'rsatish doirasidan tashqarida va hokazo tufayli Ishtirokchi bilan bog'lanish imkoni bo'lmasa, Bajaruvchi Xizmatning natijalarini qayta ko'rib chiqish va ballar ro'yxatiga ko’ra keying g’olibni aniqlash huquqiga ega.
Ishtirokchilar ushbu Qoidalarning qoidalarini buzgan taqdirda, Xizmatni o'tkazayotgan tashkilotlar natijalarni ko'rib chiqish huquqini saqlab qolishadi va natijalarga qarab g'olibni mukofotdan mahrum qilish va mukofotlarni ballar ro'yxatidagi keyingi etakchiga o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilishadi.
G'olib aniqlanishi bilan va sovrinni olish uchun KONTENT PROVAYDER tomonidan imzolangan qabul to'g'risidagi Qabul qilish dalolatnomasi topshirilishi kerak. Qabul qilish dalolatnomasining imzolanishi g'olib ushbu hujjatda ko'rsatilgan shartlarni, shuningdek sovrinni tasdiqlash uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan barcha majburiyatlarni qabul qilishni anglatadi.
Sovg'alar topshirishda Xizmatda g'oliblar pasportning asl nusxasini taqdim etgan holda sovrinni olganligini tasdiqlovchi tarqatma varaqaga imzo qo'yadilar. G'oliblarning pasportlari nusxalari tarqatish varag'iga
ilova qilinadi.
Sovrinni olish uchun zarur shart bu Ishtirokchi tomonidan pasportni yutib olingani to'g'risida ro'yxatdan o'tganligi to'g'risidagi xabarni olgan kundan boshlab 10 kun ichida taqdim etilishi. Ishtirokchi ko'rsatilgan ma'lumotlarni taqdim etmasa, sovrin Ishtirokchiga berilmaydi, Xizmatning natijalari ko'rib chiqiladi.
Sovg'alar KONTENT XIZMATLARI amal qilish muddati davomida yoki undan keyin beriladi.
Sovg'ani topshirish joyi KONTENT - PROVAYDER va OPERATOR tomonidan kelishib olinadi va g'olibga SMS yoki telefon orqali e'lon qilinadi.
G'olib sovrinni taqdim etish joyiga borish va mukofotni topshirish uchun zarur bo'lgan qaytib kelish bilan bog'liq barcha xarajatlarni o'z zimmasiga oladi.
KONTENT-PROVAYDER quyidagi hollarda Sovrinni Ishtirokchiga berishni rad etish huquqiga ega:
-
ishtirokchilar tomonidan ushbu Nizom qoidalarini buzilishi;
-
hujjatlarni taqdim etmaslik;
-
Ishtirokchining sovrinni topshirish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortganligini tasdiqlovchi harakatsizligi / harakatlari;
-
Xizmat yakunlangan kundan boshlab 30 kalendar kuni ichida Ishtirokchining sovg'ani olishdan bosh tortganligi to'g'risidagi yozma rad xati;
-
agar Ishtirokchi sovrinni topshirish to'g'risidagi hujjatlarni imzolashdan bosh tortsa;
KONTENT-PROVAYDER va OPERATOR kompensatsiya huquqisiz hamda birlamchi xabardor qilishsiz ushbu KONTENT-XIZMATNI tashkil etish va/yoki boshqarish, shuningdek mazkur Shartlar va qoidalarni bekor qilish, toʻxtatib turish yoki oʻzgartirish huquqini oʻzida saqlab qoladi, har qanday oʻzgarishlar, oʻzgartirishlarni kiritish sanasigacha
mazkur Shartlarga qoʻshimcha hujjat boʻlib, jamoatchilikning maʼlumoti uchun yetkaziladi.
17. Shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish
KONTENT-PROVAYDER va OPERATOR Sizning
shaxsiy maʼlumotlaringiz ushbu KONTENT- XIZMATDA sizning ishtirokingizni boshqarish va agar
siz gʻolib boʻlib chiqqan holatda sizning maʼlumotingizni eʼlon qilish maqsadida ishlov berilishi toʻgʻrisida Sizni xabardor qilishadi. Bundan tashqari, sizning axborotingizga bizning telekommunikatsiya xizmatlarimizning marketing va tijorat xizmat koʻrsatishi maqsadlarida ishlov beriladi.
18. Javobgarlik
KONTENT-PROVAYDER KONTENT-XIZMATNING texnik sozligi va KONTENT- XIZMATNING doirasida foydalaniladigan axborot, shu jumladan savollar va javoblarning to’g’riligi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.
KONTENT-PROVAYDER mazkur shartlarga muvofiq sovrindor sifatida belgilangan ishtirokchilarga ushbu shartlarning 8-bandida koʻrsatilgan sovrinlarning berilishini kafolatlaydi.
Fors-major vaziyatlari, boshqa vaziyatlar sababli taʼriflangan Sovrin topshira olinmaydigan holatda, KONTENT-PROVAYDER uni teng qiymatligisiga almashtirib berish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
KONTENT-PROVAYDER va OPERATOR hamda, ushbu holatda, KONTENT-XIZMATDA ishtirok etayotgan kompaniyalar, Sovrindan foydalanish oqibatida yoki natijasida yuzaga kelgan har qanday tusdagi, bevosita, bilvosita va/yoki tasodifiy, roʻy bergan yoki kechiktirilgan zararlar uchun hech qanday javobgarlikka ega boʻlmaydi.
Bundan tashqari, GSM xizmatlar uchun xos boʻlgan, masalan: tarmoq band, telefon xotirasi toʻlgan, SMS xizmatlardan notoʻgʻri foydalanish, ushbu Xizmat uchun koʻrsatilgan raqam notoʻgʻri terilgan, yoki abonent qurilmasi tomonidan bloklab qoʻyilgan, tarmoqdan tashqarida boʻlish, SIM karta hisobida mablagʻlarning yetarli emasligi, kredit limitidan oshib ketish va hokazo kabi texnik jihatdan yoki boshqa cheklovlar sababli “UzMobile” foydalanuvchilariga tanlovda ishtirok etishga halaqit bergan vaziyat yuzaga kelishida KONTENT-PROVAYDER va OPERATOR hech qanday javobgarlikka ega boʻlmaydi.
19. Nizolarni hal qilish va qoʻllaniladigan yurisdiksiya
Ushbu KONTENT-XIZMAT bilan bogʻliq har qanday nizolar eʼtiroz qilinayotgan voqea paytidan boshlab 5 (besh) kun davomida yozma ravishda rasmiylashtirilishi kerak.
KONTENT-PROVAYDER va OPERATOR hamda KONTENT-XIZMATNING ishtirokchilari oʻrtasida yuzaga kelgan ehtimoliy nizolar, tinch muzokaralar yoki buning imkoni yoʻqligida, Oʻzbekistonning vakolatli sudlari tomonidan hal qilinadi.
20. Eʼlonlar
Ushbu KONTENT-XIZMATNING shartlari bilan tanishib chiqish imkoniyati jamoatchilik uchun Tashkilotchining www.kinofan.uz veb-sayti va/yoki har qanday uning ofislari orqali berilgan.
21. Ishtirokchilarning majburiy roziligi
Gʻoliblar KONTENT-PROVAYDER va OPERATORGA olingan Sovrinni topshirishni istisno etganda, ularga hech qanday Sovrinlash yoki foydani taqdim etmagan holda, yuqorida koʻrsatilgandek foydalanishsiz, ular gʻolibga aylangan KONTENT- XIZMAT bilan bogʻliq har qanday ijtimoiy-reklama faoliyatida oʻz ismi, familiyasi va boshqa axborot, shuningdek oʻz fotosuratidan nusxa koʻchirish va foydalanishga ruxsat berishadi.
Gʻoliblar KONTENT-XIZMATNING reklama maqsadlarida reklama intervyusi, fotosuratga olishi va/yoki videosuratga olishida ishtirok etishga rozilik berishadi.
Ishtirokchilar KONTENT-PROVAYDER va OPERATOR (SMS yoki har qanday boshqa aloqa vositasi orqali) tomonidan KONTENT-XIZMATNING amal qilish muddatidan tashqari keyingi xizmatlar haqida xabardor qilinishi mumkin.
Ushbu Shartlarga kiritilgan barcha bandlar, ilovalar va axborot yoki ushbu KONTENT-XIZMAT bilan bogʻliq har qanday boshqa axborot materiallar (reklama va/yoki taqdimot), KONTENT-XIZMATNING amal qilish muddati davomida yoki ungacha har qanday vaqtda www.kinofan.uz saytida chop etilgan, har qanday OAV va/yoki KONTENT-XIZMATNING veb-saytida chop etilishi kerak boʻlgan axborotlar, KONTENT-XIZMAT qoidalarining ajralmas qismi hisoblanadi.
OPERATOR va KONTENT PROVAYDER birlamchi xabardor qilishsiz, istalgan vaqtda xizmat koʻrsatishni toʻxtatish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
KONTENT-XIZMATNING amal qilish muddati davomida ishtirokchilar sarf qilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlarining miqdori, shu jumladan uchinchi shaxslar (shu jumladan nogironlar, qisman mehnatga layoqatsiz odamlar, goʻdaklar yoki voyaga yetmaganlar) tomonidan ishtirokchilar hisobidan noqonuniy yechib olingan pul mablagʻlari uchun OPERATOR va KONTENT PROVAYDER javobgarlikni oʻz zimmalariga olishmaydi.
KONTENT-XIZMATDA ishtirok etgan holda, ishtirokchilar ushbu bilan KONTENT-PROVAYDER va OPERATORGA taqdim etilgan barcha axborot haqqoniy, aktual va toʻliq hisoblanishini kafolatlashadi.